
APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi kim?
Uelslik mashhur futbolchi Robbi Sevij APL tarixidagi eng yaxshi hujumchi kimligini aytdi.
“Aguero – APLning buyuk hujumchisi. U men qarshi o‘ynagan eng yaxshi ikki hujumchi – Anri va Shirerdan yaxshiroq. “Manchester Siti” muxlislari uning o‘yinlaridan zavq olishlari kerak, chunki Serxi bu erda abadiy qolmaydi”, - deydi Sevij.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Aguero “Manchester Siti” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 359 ta o‘yinda maydonga tushdi va 249 ta gol hamda 72 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.f
Fikrlar