APL. Sentyabrda Ronaldu olgan sovrin oktyabrda kimga nasib etadi? (video)

  • 4 noyabr, 2021, 17:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash borasida so‘rovnoma boshlandi.

Tecno

Ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Ben Chiluell ("Chelsi", 4 uchrashuvda 3 o‘yin), Maksvell Korne ("Byornli", 3 o‘yinda 3 gol), Fil Foden ("Manchester Siti", 4 bahsda 3 gol va 1 assist), Valentino Livramento ("Sautgempton", 4 bellashuvda 1 gol), Aaron Remsdeyl ("Arsenal", 4 uchrashuvda 17 seyv, 2 ta "quruq" o‘yin), Deklan Rays ("Vest Xem", 4 bahsda gol+pas), Muhammad Salah ("Liverpul", 4 bellashuvda 5 gol, 4 assist) va Yuri Tilemans ("Lester", 4 uchrashuvda 2 gol).

Ma’lumot uchun, sentyabr oyida bu sovrin "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga taqdim etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!