APL qarorini o‘zgartirmaydi

  • 11 noyabr, 2020, 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL ijrochi direktori Richard Masters ayrim murabbiylarning yana 5 ta futbolchi almashtirish huquqini qaytarish bo‘yicha bildirayotgan takliflari haqida gapirdi.

Tecno

Aytish kerakki, ushbu qoidani tiklash taklifini Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola ilgari surmoqda.

“5 ta futbolchi almashtirish imkoniyati o‘yinning raqobatdosh muvozanatini o‘zgartiradi, degan fikrlar mavjud. Ushbu masala bo‘yicha allaqachon ikkita ovoz berish o‘tkazilgan va ikkalasida ham uchta o‘yinchi almashtirish taklifi qo‘llab-quvvatlangan, ya’ni eski modelga qaytilgan. Yaqin kelajakda biror bir narsa o‘zgaradi, deb o‘ylamayman.

Biz nima uchun bu nizolar kelib chiqishini tushunamiz. Ayniqsa, Yurgen va Xosep singari evrokuboklarda qatnashadigan jamoa murabbiyi bo‘lsa”, - dedi Masters.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!