
APL. MYu - "Liverpul" to‘qnashuvida "Arsenal" va "Siti" g‘alaba qozondi yoxud turnir jadvalining yuqori qismi qanday ko‘rinish olgan? (Foto)
APL 31-turidan o‘rin olgan MYu - "Liverpul" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. "Qizil iblislar" tarkibida Bruno hamda Maynu gol urgan bo‘lsa, mersisaydliklar tarkibida Dias hamda Saloh o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ahamiyatlisi, mazkur durang natijadan manchesterlik yoki liverpulliklar emas, ko‘proq boshqa ikki jamoa xursand bo‘lishdi. Sababi, "Liverpul" bilan birgalikda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Arsenal" va "Manchester Siti" "qizillar"ning ochko yo‘qotishi evaziga raqibini oldinga o‘tkazib yubormaydi.
Endilikda jadvalda "Arsenal" to‘plar farqining yaxshiligiga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda, Arteta shogirdlari hisobida 71 ochko mavjud. "Liverpul" ham shuncha ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. 3-pog‘onadagi "Siti" esa 70 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar