
APL. "Manchester Siti" sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchradi
APL 7-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton" - "Manchester Siti" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "bo‘rilar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mezbonlar safida Xvang gol urdi, shuningdek, Dias o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. "Shaharliklar"ning yagona goli Xulian Alvares tomonidan kiritildi.
Mag‘lubiyatdan qat’i nazar, "Siti" APL turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.
Fikrlar