
APL. "Liverpul" qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi. "Vest Xem" "Lids"ga yutqazib qo‘ydi
Angliya Premer-Ligasining 22-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv nihoyasiga etdi.
"Vest Xem" o‘z maydonida Marselo Belsa boshchiligidagi "Lids"ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "Bolg‘achilar" safida Bouen va Fornals gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Xarrison het-trikka erishdi.
Shuningdek, "Brentford" safarda "Liverpul"ga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bahsdagi gollarga Fabino, Oksleyd-Chemberlen va Minamino mualliflik qildi.
Fikrlar