
APL. Konte "Tottenxem" boshqaruvidagi ilk o‘yinida ochko yo‘qotdi, "Arsenal" esa kichik hisobda g‘alaba qozondi
APL 11-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Tottenxem" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda gol urish har ikkala jamoaga nasib etmadi.
O‘z maydonida "Uotford"ni qabul qilgan "kanonirlar" Emil Smit-Rou 56-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Lids" maydoniga safar qilgan "Lester" ham bu turda ochko yo‘qotdi. Dastlab, Belloli o‘yinda hisobni ochdi. 28-daqiqada Barns o‘yinda muvozanatni tikladi. Yakuniy hisob 1:1.
Fikrlar