APL klublari joriy yozgi transferlar davrida qancha pul sarflashdi?

  • 9 avgust, 2019, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoga mashhur Transfermarkt portali joriy yozgi transferlar davrida APLning barcha 20ta klubi jami qancha mablag‘ sarflaganini hisoblab chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra premer-liga klublari mavsumlar oralig‘ida yangi futbolchilar sotib olish uchun jami 1,386 milliard funt (1,502 milliard evro) sarflashgan. Biroq, bu rekord emas. APL klublari rekord xarajatlarni 2017 yilda amalga oshirishgan. O‘shanda bu ko‘rsatgich 1,455 milliard funtga (1,577 milliard evro) etgan.

Ta’kidlash kerakki, joriy yozdagi eng qimmat transfer Xarri Maguayr bo‘ldi. “Manchester Yunayted” uni “Lester” 87 mln evroga sotib oldi. Keyingi o‘rinlarni esa "Lill"dan "Arsenal"ga ko‘chib o‘tgan Nikolya Pepe (80 mln evro) va "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan Rodrilar (70 mln evro) egallashdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Liverpul” – “Norvich” uchrashuvi bilan APLning 2019/20 yilgi mavsumiga rasman start beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!