
APL. "Brayton" sharmandali hisobda mag‘lub bo‘ldi
APL 7-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Brayton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar kutilmaganda yirik 6:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uotkins xet-trik qilgan bo‘lsa, Remzi hamda Luis bittadan gol urdi. Shuningdek, Estupinyan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Qayd etish lozim, "chaykalar" safida yagona gol Ansu Fati hisobiga yozildi.
Shu tariqa, Unai Emeri shogirdlari ochkolari sonini 15 taga etkazib qo‘yib, "Brayton"ni jadvalda quvib o‘tdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar