
APL. "Arsenal" yirik hisobda zafar quchdi, "Nyukasl" ochko yo‘qotdi, "Tottenxem" esa o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
APLning 25-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quyida natijalar bilan tanishing.
"Byornli" maydoniga safar qilgan "Arsenal" mezbonlar darvozasi tomon javobsiz 5 ta gol urdi.
Saka dubl qilgan bo‘lsa, Edegor, Trossard va Xavertslar bittadan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "kanonirlar" 2-o‘ringa chiqib oldi.
"Byornli" 0:5 "Arsenal"
"Tottenxem" "Vulverxempton"ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.
Mehmonlar tarkibidan Gomesh ikki bora Vikario darvozasini ishg‘ol qildi. 46-daqiqada Kulusevski javob qaytardi.
Mazkur bahsdan keyin "shporlar" 5-o‘ringa tushib ketdi. "Bo‘rilar" 10-pog‘onaga ko‘tarildi.
"Tottenxem" 1:2 "Vulverxempton"
"Nyukasl" "Bornmut" bilan durang o‘ynab, bir ochkoga ega chiqdi.
O‘yinda Salonke hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Gordon penaltini aniq amalga oshirdi. Shundan keyin Semeno jamoasini oldinga olib chiqdi. 90+2 daqiqada hisobni tenglashtirdi.
"Qarg‘alar" 7, "Bornmut" esa 13-pog‘onadan joy oldi.
"Nyukasl" 2:2 "Bornmut"
Fikrlar