CHERY AUTO

"Boxing day" Angliya Premer ligasining 15-turiga to‘g‘ri keldi. Har yili bayramga atalgan o‘yinlar muxlislarning diqqat markazida bo‘ladi. Bu safar ham Angliya chempionatidagi uchrashuvlar qiziqarli va tomoshabop bo‘lmoqda. "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Liverpul" klublari raqiblarini mag‘lub etolmagan bo‘lsa, to‘xtovsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan Arteta shogirdlari "Chelsi"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Biz esa, doimgidek tur bellashuvlaridan fotomaqola tayyorladik.

Tecno

fernandes-5

MYuning etakchisiga aylanib ulgurgan Fernandesh! "Lester"ga qarshi bahsda ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishni uddasidan chiqa oldi.

 

1293172978.0

Vardiga "London dushmani" deya ta’rif bergan edik, ammo forvard Sulsher shogirdlariga qarshi bellashuvda ham o‘zini ko‘rsatdi.

Meddisonning "sen dahosan", degandek baqirishiga e’tibor bering!

 

gettyimages-1230304650-2048x2048

Tablodagi hisobga e’tibor bermang! "Qizil iblislar" irodasizlik qilib, g‘alabani boy berdi va uchrashuv durang bilan yakuniga etdi.

 

37284244-9089077-image-a-95_1609003619817

O‘zining sobiq jamoasi "Arsenal" darvozasini ishg‘ol etgan Teo Uolkott "Sautgempton" etakchisi Denni Ingz tarkibda yo‘q ekanligini bildirmayapti.

 

2961742-60790768-2560-1440

U "Fulxem"ga ham gol urdi.

 

5fe7774832371.image

Shu kuni, diqqat markazida bo‘lgan forvard ko‘p mehnat qildi.

 

i

Biroq Uolkottning goli inobatga olinmagandi va uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga etdi.

 

37283084-9088985-image-a-5_1609000711434

So‘nggi paytlarda o‘yini ochilib ketgan Traore "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda hisobni ochdi.

 

1609002644_682_Aston-Villa-3-0-Crystal-Palace-Dean-Smiths-side-win-despite

Mudofaa markazining eng ishonchli a’zosi chetlatilganida barchasi tugagandek edi.

 

800

Ammo "Aston Villa" hazillashmayapti! Yo‘lidan chiqqan raqibning eng ishonchli nuqtasini "sindirmoqda". Uilfrid Zaani ham ayab o‘tirmadi.

 

Traore_Grealish_1

3:0! Yirik g‘alaba.

 

16090097428625

Londondagi markaziy uchrashuvda Lyakazett penaltidan hisobni ochgan paytda, go‘yoki "Chelsi" hujumlarni kuchaytirib, bahs qizg‘in tus oladigandek tuyulgandi.

 

fbl-eng-pr-arsenal-chelsea-5

Jaka va Saka tomonidan kiritilgan gollar bellashuvdagi intrigani so‘ndirdi va "Arsenal"ning g‘alabasini ta’minladi.

 

0_Arsenal-FC-vs-Chelsea-FC-London-United-Kingdom-26-Dec-2020

Maydondagilar qolib, futbolchilik davrini sog‘ingan Lempard to‘p uchun yugurib ketgisi kelayotgandek.

 

4dad5-16090123367659-800

Bellashuv tugagach, Artetaning "og‘zi qulog‘ida" edi. Munosib g‘alaba!

 

skysports-david-mcgoldrick_5219575

Hech kim autsayderga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotishni xohlamaydi, ammo so‘nggi pog‘onadagi jamoalar doim bor kuchini ishga solib, bahslashadi.

 

Sigurdsson-scores-Sheffield-United-v-Everton

Ana shunday uchrashuvlarning birida ko‘plab yo‘qotishlar bilan maydonda saf tortgan "Everton" islandiyalik futbolchining 80-daqiqada kiritgan goli evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

 

gettyimages-1257260501-2048x2048

Anchelotti doimgidek "janglyor" qilish bilan ovora!

 

Phil-phoden-1

Yomg‘ir ostidagi duel!

 

1609021253_399_Manchester-City-2-0-Newcastle-United-Ilkay-Gundogan-and-Ferran-Torres

Bunday ob-havoda murabbiylarga ham oson emas.

 

ferran-torres-scored-the-second-in-a-2-0-boxing-day-win-for-manchester-city-over-newcastle__707441_

Gabriel Jezus hamda Serxio Agueroning o‘rnini bilintirmayotgan Ferran Torres o‘z imkoniyatidan yana unumli foydalandi.

 

Gundogan-Pep-AP_571_855

Gol urgan Gyundogandan Gvardiolaning ko‘ngli to‘q!

 

leeds-united-1-0-burnley-player-ratings-as-patrick-bamford-penalty-separates-sides

1...

 

opoyi_GW2SDeVZI

2...

 

leeds-vs-burnley44

3... Xullas sanaydigan bo‘lsak, maqolani to‘ldirib qo‘yishimiz mumkin. "Lids" va "Byornli" qarama-qarshiligida maydonning har bir qarichi uchun jiddiy kurash kechdi, bellashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi.

 

37304502-0-image-a-55_1609075804404

Belsa shogirdlarining deyarli har bir bahsida gollar "shou"sini ko‘rayotgandik. Bu gal, Bemfordning beshinchi daqiqada ijro etgan penaltisi uchrashuvdagi yagona golga sabab bo‘ldi.

 

newFile-1

Ha, Angliyada futbolni shunday o‘ynashadi. Yiqilayotgan joyida tik turishga intilib, kurashni davom ettiradi.

 

T0FLMTI3OTc5NzUx

Tomoshabop uchrashuvlarni taqdim etgan futbolchilarga golni har qanday uslubda nishonlash yarashaveradi.

 

0d81690dd19f4e1cbc7f8919ca2684b0

Biroq, bahsning yakuniy qismida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqish alamli. Bu APL!

 

image

Raqiblar Salohning oldida ojiz qolishi odatiy holat.

 

gettyimages-1230319860-2048x2048

O‘z navbatida Alisson ham ojiz qoldirildi.

 

gettyimages-1230320086-2048x2048

"Liverpul"dan ochko tortib oluvchi golning quvonchini his qilganda!

 

gettyimages-1230319913-2048x2048

Bu esa, tayyor g‘alabadan mosuvo bo‘lishning alamini his qilganda!

 

2020-12-27-Wolverhampton-Wanderers-1-1-Tottenham-Hotspur

Ikkita portugaliyalik mutaxassis to‘qnash keldi.

 

4P7ICPWS55HC7PVE6QOGDEGA6A

Ularning shogirdlari o‘rtasidagi kurash ham juda qiziqarli kechdi.

 

1293354628.0

Hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, "Tottenxem" futbolchilari ko‘p asabiylashishga majbur bo‘ldi.

 

gettyimages-1230321194-2048x2048

86-daqiqadaga kelib, Pedro Netuning burchak zarbasidan uzatib bergan to‘pini Roman Saiss boshi bilan Ugo Loris darvozasiga joylab qo‘ydi.

 

wolves-vs-tottenham-0-1-highlights-video

"Boxing day" bizga kutilgan va kutilmagan natijalarni taqdim etishni boshladi. APLdan zavq oling va SPORTS.uzni kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!