Anvar G‘ofurov: "Bu narsa har bir futbolchiga yoqmaydi"
Superliganing 4-turida “Bunyodkor” Olmaliqda OKMK mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Bunyodkor” esa omadsizlikka uchradi. O‘yindan keyin mehmon jamoa murabbiyi Anvar G‘ofurov ayrim savollarga javob qaytardi.
- Bizda rejalar boshqacha edi. O‘yinimiz ozgina qovushmadi. Yigitlar o‘ziga yarasha tayyorgarlik ko‘rishgandi. Bizda yosh o‘yinchilar ko‘proq. Bu yaxshi dars bo‘ladi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvlarda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Biz shu yo‘nalishni tanlaganmiz. Yaxshi futbol ko‘rsatib, g‘alabalar qozonib yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishga harakat qilamiz.
- Boshqa rejalar haqida gapirdingiz. Sir bo‘lmasa bu qanaqa reja edi?
- To‘p nazorati. O‘zimizni vaziyalarni kutib, bundan unumli foydalanish edi.
- Jamoa o‘yin tomonlama yaxshi harakat qilyapti. Bugun ham OKMKga qarshi bitta futbolchi kam bo‘lsa ham deyarli oxirigacha “turib” bera oldi. Keyingi qo‘yiladigan maqsad qanday?
- Har bir futbolchiga yordam berish, iloji boricha ularni yuqoriroq darajaga ko‘tarish. Shuning evaziga yigitlar maydonda yaxshi futbol ko‘rsatishsa “Bunyodkor” ham ochkolarni yig‘ib, yuqori o‘rinlarga ko‘tariladi.
- Zaxiradan maydonga tushirilgan va yana zaxiraga olingan Farhod O‘tkirovning ahvoli haqida ma’lumot bersangiz. To‘g‘ri, o‘yinga qo‘shilib keta olmadi. Zaxiraga olgan paytingizda uni bag‘ringizga bosib tinchlantirishga urindingiz.
- Albatta, bu narsa har bir futbolchiga yoqmaydi. Lekin biz qanaqa vaziyatdaligimizni o‘zimiz bilamiz. Agar shunday qoldirsak bizga to‘g‘ri kelmasdi va ma’qul bo‘lmasdi. Bu uning uchun ham dars bo‘ladi. Kelasi uchrashuvlarda boshqacha o‘ynashga harakat qiladi va o‘ziga berilgan vaqtdan unumli foydalanadi. Biz futbolchilarni yuqori darajaga ko‘tarishimiz kerak. Ularni o‘ziga talabi boshqacha bo‘lishi kerak. Ana shunda jamoa bo‘ladi.



Fikrlar