
Anri Lamin Yamalning o‘yinidan qanday taassurot oldi?
"Arsenal" va Frantsiya terma jamoalarning sobiq hujumchisi hisoblangan Terri Anri Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng kataloniyaliklarning yosh yulduzi Lamin Yamal haqida juda iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
"Yamalning o‘yinini ko‘rganim... Bu 17 yoshda bo‘lish uchun normaga to‘g‘ri kelmaydi. Uning hushyorligi, osoyishtaligi, o‘yinni ko‘rish tarzi, himoya va pressing qilish tarzi – bu hamma narsa normaga to‘g‘ri kelmaydi.
Futbolda men har doim hayratga tushaman, chunki sen doimo o‘ylaysanki, hech kim Messi yoki Ronaldudan yaxshiroq bo‘la olmaydi.
So‘ngra Yamal paydo bo‘ladi. Argentinada yangi bir yosh futbolchi bor – Franko Mastantuono, u "River Pleyt"da o‘ynaydi. Shuning uchun futbol ajoyib" – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fikrlar