
Angliyaning uch klubi “Barsa”ning “bosh og‘rig‘i”dan foydalanib qolmoqchi
“Barselona” moliyaviy vaziyat tufayli yozda olingan Daniel Olmoni chempionatning ikkinchi qismi uchun qaydnomadan o‘tkaza olmayapti.
Kataloniyaliklar bu “bosh og‘rig‘i”ga echim qidirayotgan bir paytda Angliya Premer-ligasining grand klublari tajribali yarim himoyachini olib ketishga urinadigan bo‘ldi.
The Times nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” hamja “Arsenal” Dani Olmoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Olmoning shartnomasda agar “Barselona” uni La Ligadan ro‘yxatdan o‘tkaza olmasa, bepul qo‘yib yuborishi haqida band borligi aytilmoqda. Angliya klublari ana shu imkoniyatdan foydalanib qolishni ko‘zlayapti.
“Barselona” yarim himoyachini qaydnomadan o‘tkazish masalasini 31 dekabrga qadar hal qilishi kerak. Yo‘qsa, Olmo yanvardan boshqa klubga o‘tish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar bu masalani sud orqali hal qilish yo‘lini ham qidiryapti.
Fikrlar