
Angliyaning eng zo‘r o‘yinchilari bir jamoada jamlanadi
Saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin dunyoning eng badavlat klubiga aylangan “Nyukasl” muvaffaqiyatga erishishning eng oson va tezkor usulidan foydalanmoqchi.
Klub rahbariyati jamoa tarkibini Angliya Premer-ligasida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar bilan kuchaytirishga qaror qilgan.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, “qarg‘alar” yozda boshqa klublardan kamida to‘rt nafar kuchli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Nyukasl” ro‘yxatiga Jeyms Meddison (“Lester”), Kelvin Fillips (“Manchester Siti”), Skott Maktominay (“Manchester Yunayted”), Deklan Rays (“Vest Xem”) kabi futbolchilar kiritilgan.
Fikrlar