Angliyada hali hech qaysi klub bunday antirekord qayd etmagan

  • 26 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat, muvaffaqiyat va omadsizlik doim yonma-yon yuradi. Shunday ekan, ba’zan natijalar muxlislar kutganidek bo‘lmaydi.

Tecno

“Derbi Kaunti” ishqibozlari jamoaning 2007-2008 yili Angliya Premer-ligasida qayd etgan natijasini eslashni hoxlamaydi.

O‘sha mavsumda “Derbi Kaunti” futbolchilari ochko jamg‘arish bo‘yicha Angliya futbolidagi eng yomon natijani qayd etgan.

Bu jamoa vakillari 38 ta o‘yinda atigi bitta g‘alaba qozongan va sakkiz martda durang o‘ynab, butun mavsum davomida 11 ochko jamg‘argan xolos.

Shu birgina g‘alaba oltinchi turda “Nyukasl” ustidan kichik hisobda qozonilgan. Mart oyiga borib, Premer-ligani tark etgani aniq bo‘lib ulgurgan “Derbi Kaunti”ning urgan va o‘tkazgan gollari nisbati -69 tani tashkil qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!