Angliyada chempionning sharmanda bo‘lishi yangilik emas

  • 26 oktabr, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” yangi chempionatda katta muammolarga duch kelib,  qatorasiga to‘rt marotaba mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Arne Slot shogirdlari “Kristal Pelas”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ga bir xil 1:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa, oxirgi bahsda “Brentford” chempionni 3:2 hisobida taslim qildi.

Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, “Liverpul” chempionlik mavsumidan keyin ketma-ket to‘rtta uchrashuvni boy bergan yagona jamoa emas. Bunaqasi avvalgi chempionatlarda ham kuzatilgan ekan.

Manbaga ko‘ra, 2016 yili tarixiy chempionlikni nishonlagan “Lester” keyingi mavsumda qatorasiga to‘rt bor engilgan. 2020 yili “Liverpul” xuddi shu stsenariyni boshdan o‘tkazgan va bu yilgi mag‘lubiyatlar seriyasi “qizillar” uchun yangilik emas.

Nihoyat, qatorasiga to‘rt yil Angliya chempionligini ushlab turishni uddalagan yagona jamoa – “Manchester Siti” o‘tgan yili ketma-ket to‘rtta uchrashuvda raqiblarga uch ochkodan ulashgan.

Endi Arne Slot shogirdlari keyingi bahslarda vaziyatni o‘nglab, muvaffaqiyatsiz seriyaga chek qo‘yishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!