Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod topildi

  • 18 iyul, 2024, 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Garet Sautgeyt iste’foga chiqarildi. Uning qo‘l ostida terma jamoa Evro-2024 finaliga qadar etib borgan va hal qiluvchi o‘yinda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lgandi (1:2).

Tecno

The Telegraph xabariga ko‘ra, bo‘sh o‘rin uchun yana bir nomzod sifatida "Tottenxem" boshqaruvchisi Ange Postekoglou ko‘rib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, mutaxassis bir necha yillardan buyon FA ni qiziqtirib kelmoqda.

Oldinroq Angliya terma jamoasini bir necha oydan beri ishsiz yurgan argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi - uning so‘nggi klubi Londonning "Chelsi"si bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sautgeyt 2016 yildan beri Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning murabbiyligida terma jamoa ikki marta Evro finaliga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!