
Angliya premer-ligasi. "Arsenal"da 100 foizlik natija, "Siti" va "Tottenxem" quvib kelmoqda (turnir jadvali)
Angliya premer-ligasida 4-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Mazkur turda bir qator qiziq uchrashuvlar guvohi bo‘ldik.
Jumladan, "Liverpul" "Bornmut"ni o‘ta yirik 9:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, "Chelsi" "Lester"ni bir kishi kam bo‘lib taslim etdi - 2:1. "Arsenal" esa qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu safar "Fulxem" 2:1 hisobida mag‘lub etildi.
"Manchester Siti" hamda "Kristal Pelas" qarama-qarshiligida jangovar 4:2 hisobi qayd etildi. Unda "shaharliklar" kambek qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar