
Angliya - Frantsiya hamda Marokash-Portugaliya uchrashuvida ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
FIFA matbuot xizmati shanba kuniga belgilangan ikki chorak final uchrashuvini boshqaradigan hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Braziliya — Xorvatiya hamda Niderlandiya — Argentina qarama-qarshiligi o‘tkazilsa, ertaga yana ikki bahs bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra Angliya - Frantsiya o‘yinini Vilton Sampayo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borsa, Marokash-Portugaliya uchrashuvida argentinalik Fakundo Telo va uning guruhi faoliyat olib boradi.
Hozircha jahon chempionatining pley-off bosqichida hakamlik bilan bog‘liq mojarolar kuzatilmadi. JCh-2022da maxsus sinovdan o‘tgan ofsaydni aniqlash qurilmasi hamda o‘yin vaqtini hisoblab boruvchi maxsus guruh barcha uchrashuvlarning yanada shaffof bo‘lishi yo‘lida xizmat qilmoqda.
Fikrlar