
Andrey Ryabinskiy: "O‘zbekistonlik bokschilar kelajakda katta yulduzlarga aylanadi"
3 aprel kuni Toshkent shahri shov-shuvli professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni, Murodjon Ahmadaliev o‘ziga tegishli bo‘lgan IBF va WBA chempionlik kamarini yaponiyalik da’vogar Ryosuke Ivasadan himoya qiladi.
Mazkur jang oldidan turnir tashkilotchilaridan biri “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy "Matchroom boxing" mediasiga o‘z fikrini bildirdi.
- Ushbu voqelik O‘zbekiston professional boksi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jang kechasi bokschilar uchun 2021 yilni o‘z xalqi va muxlislari ko‘z o‘ngida ajoyib boshlab olishlari uchun yaxshi imkoniyat. Ular tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. O‘ylaymanki, ular kelajakda katta yulduzlarga aylanishlari mumkin!
Fikrlar