Andrey Kanchelskis "Surxon" bilan o‘yinda qayd etilgan durangga izoh berdi

  • 20 oktabr, 2019, 17:31
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Uchrashuv juda qiyin kechdi. Boisi, Termizda o‘ynash oson emas. Hattoki, “Paxtakor” ham bu erda durangga erishgan. Shunday bo‘lsa-da, biz Termizga ochko olish uchun emas, g‘alaba qozonish niyatida tashrif buyurgandik. Ammo bu futbol.

To‘g‘ri, uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar ko‘proq tashabbusga ega bo‘lishdi. Lekin durang natija menimcha, haqqoniy bo‘ldi.

“Surxon” kabi jamoamizni ham qo‘lga kiritilgan bir ochko unchalik qoniqtirmaydi. Boisi, ushbu turda “So‘g‘diyona” g‘alaba qozondi. Biroq, mag‘lubiyatga uchragandan ko‘ra, durangni ham ijobiy natija desa bo‘ladi.

Maydon sifati yaxshi va futbolchilar bundan-da yaxshiroq to‘p tepishlari mumkin edi. Ammo har ikki jamoa a’zolariga namoyish etgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Chunki hech kim jarohat olmadi hamda jamoalar uchun barchasi ijobiy tarzda yakunlandi.

- Jahongir Mehmonov boshlang‘ich tarkibdan joy olmadi va so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirildi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Bizda jamoa bor hamda boshlang‘ich tarkibni deyarli o‘zgartirmaymiz. G‘iyosjon Komilov bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Jahongir Mehmonov esa hozircha zaxiradan maydonga tushyapti va bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Hozircha bu haqda biror narsa deya olmayman. Mehmonov uchun keyinchalik barchasi ijobiy tarzda yakunlanishi hamda u boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi ham ehtimoldan xoli emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Zulfiqarov Husanboy
21/10/2019 13:06
Lekin o'yin menimcha juda ham sekin bo'ldi qolaversa ikki klub ham yaxshi va hujumkor o'yin namoish etmadi . Navbahor yaxshi o'ynashi uchun yana 1 ta 2ta o'yinchilar olib kelinishi kerak iloji bo'lsa O'zbekiston chempionatidan chunki keyinchalik osiya chempionlaar ligasida o'ynash kerak bo'lsa shunga limit tog'ri kelishi uchun bu zarur hozirgi ligionerlar ham savyasi yaxshi darajadagi o'yinchilar
&
Navbaxor 3392
20/10/2019 18:00
Bu yilgi mavsum navbaxor uchun tugadi 4-o'rinni oldi nima 12 -o'rinni oldi nima... Undan keyingi mavsum uchun xozirdan tayyorgarlik qiliw kerak.Mavsum bowida konvheliskiy aytgan gap takrorlanmasligi uchun ya'ni man aytgan uyinchilar olib berilmadi rahbariyat tomonidan demasligi uchun hozirdan tarkib wakillantirib boriw kerak .Agar kelasi yili komandamizni maqsadi chempionlar ligasiga chiqiw bolsa bu tarkibdan nari borsa 7-8 ta uyinchilarni olib qolib qolganini yangilaw kerak .Maqsad keyingi yili chempionlikmi uyinchilarni xarid qiliw kerak .Zaxiraga ham saviyaliroq uyinchilarni oliw kerak
Абдусамат Жураев
20/10/2019 17:40
Узб клублари осие лига чем квота 1+1 экан 2021 йил учун супер лига чемпиони ва иккинчи урин агарда чемпион жамоа кубокниям олса ушанда иккинчи уринни олган жамоа лига чем уйнайди
Абдусамат Жураев
20/10/2019 17:36
МАЙЛИ Булар иш булди бу йил хеч нима йук Хаммасини Джоржд Мордж оддо килди сутак кейинги йил еки кубок еки камида иккинчи урин бумаса лига чимпионом армон булади чунки ва 2021 йил учун Узбкистонга 1+1 берилади яни Чемпион ва кубок сохиби
&
Стас Михайлов
20/10/2019 17:32
Алкаш сука плохому тонсору яйцо мешает
&
20/10/2019 18:42
Uchir ovozingni uzing alkashsan sutak