Andrey Kanchelskis muzokaralar olib borilayotgan yangi futbolchilar, keyingi yili boshqacha reglament va o‘zgacha taqvim bo‘lishidan umidvor

  • 28 noyabr, 2019, 11:26
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 25-tur doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- “Lokomotiv”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun maydonda bir-biriga munosib raqiblar to‘p surdi va bunday jamoaga qarshi o‘ynash yoqimli. Yigitlar birinchi bo‘limda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishganida, jamoamiz hisobda oldinga chiqib olgan hamda o‘yin sur’ati boshqacha kechgan bo‘lardi. Ammo har bir futbolchining individual xususiyati turlicha. Mahorat mehmonlarda biroz ustunlik qildi.

Ikkinchi bo‘limda ham shogirdlarimda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Lekin undan ham samarali tarzda foydalana olishmadi.

Umuman olganda, jamoamizda 2ta individual yaqqol golga tortadigan vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo ushbu o‘yinda mahorat asosiy planga chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular maydonda qo‘ldan kelganicha, barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, harakat qilishdi. Ammo bu – futbol va unda o‘ylagan rejang doimo amalga oshavermaydi. Shuningdek, shunday sovuq havoda “Navbahor”ni qo‘llab- quvvatlash uchun stadionga kelgan muxlislarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- So‘nggi turlar taqvimining tig‘iz kelishi ham jamoangizning o‘yinlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyaptimi?

- Ikki oydan ko‘proq vaqt davomida deyarli maydonga tushmadik va endi mavsum so‘nggida bir hafta davomida 3ta o‘yin o‘tkazamiz.

Umid qilamanki, kelasi yili boshqacha reglament va o‘zgacha taqvim bo‘ladi hamda u jamoalar uchun ham ancha qulay bo‘ladi.

Bir hafta oralig‘idagi parvozlar, safarlar ham o‘yinlarga o‘z ta’sini o‘tkazadi, albatta. To‘g‘ri, ayrim jamoalar joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani deyarli hal qilib bo‘ldi va bunday klublar uchun ochko ahamiyatsiz. Lekin turnir jadvalining quyi qismida borayotgan jamoalarga ochko juda zarur hamda ular oxirigacha kurash olib borishadi.

Chiroyli va yaxshi o‘yin namoyish etish uchun tarkibda mahoratchi futbolchilar bo‘lishi, zaxira o‘rindig‘i uzun bo‘lishi lozim. Shundagina muxlislar jozibali o‘yin guvohiga aylanishadi. Axir futbol muxlislar uchun o‘ynaladi-ku!

Ushbu omillar ham e’tiborga olinsa, yaxshi bo‘lardi. Ammo hamma narsani borcha qabul qilamiz. Oldimizda yana bitta, ya’ni safarda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin bor va o‘sha bahsni munosib o‘tkazib, keyin kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Kelasi mavsumda kamida bronza medali uchun kurash olib borishga qodir bo‘lgan tarkibni shakllantira olasizmi? Bunga sizda ishonch bormi?

- Albatta har bir murabbiyda ishonch bo‘lishi kerak. Joriy mavsum arafasida ham ayrim mahoratli futbolchilarni jamoaga jalb etgandik. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra, ular bilan shartnoma imzolay olmagandik. Ayni paytda kelasi mavsum uchun bir qator o‘yinchilarni ko‘z ostimizga olganmiz va ular bilan muzokara olib borilmoqda. Tarkibimiz mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirilsa, kuchli uchlikdan joy olish uchun kurash olishga harakat qilamiz.

O‘z navbatida sizga shuni ta’kidlamoqchimanki, biz muzokara olib borayotgan barcha futbolchilar o‘z jamoasining asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanishadi. Ko‘z ostimizga olingan o‘yinchilar bilan muzokaralar ijobiy yakun topgudek bo‘lsa, ancha raqobatbardosh jamoa shakllanadi va shunga umid qilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
28/11/2019 11:34
Хар 3 кунда футбол уйнаш бу нормал холат .. Шундагина бизни футболчилар жисмоний тарафлама хориж жамоаларига етиб олишади хамма жойда 3 кунда бир уйин болади.. Хаттоки козокдаям
&
Surxon turon
28/11/2019 12:40
Туфу билат
&
Zulfiqarov Husanboy
29/11/2019 09:43
Senga yoqmasa sharh yozmagin tushundingmi ? Savyang yetmagan narsalarga ummuman aralashmasang yaxshi bo'lar edi
&
Surxon turon
29/11/2019 17:21
Сен кимсан судиямисан мен ӯз фикиримди билдираяпман юбан