Andrey Kanchelskis: Ikki bor hisobda oldinda bo‘lib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish juda ham alamli

  • 14 iyun, 2020, 23:41
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ikki bor hisobda oldinda bora turib, g‘alabani qo‘ldan chiqarish juda ham alamli. Penaltini aniq amalga oshirganimizda, ishimiz biroz engillashar edi. Nima bo‘lganda ham yigitlarga rahmat aytaman. “Nasaf” yaxshi shakllangan, iqtidorli futbolchilarga ega bo‘lgan jamoa sanaladi va ularga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘lgan.

Mavsum boshidan taqvim juda og‘ir kelgan edi. “Paxtakor”, “Andijon” va “Nasaf”ga qarshi safar o‘yinlari shular jumlasidan. Bu – futbol. Oldinga harakatlanishda, kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishda, xatolar ustida ishlashda davom etamiz”, - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
14/06/2020 23:59
Har holda oʻyinda kanchelskiyning imzosi bor raxmat navbaxor rahmat Nasaf bugun xaqiqiy oʻzbek futboli kelajagi vodiy va vohada ekanligi koʻrindi albatta boshqa jamoalarni kamsitmagan xolda Mana Paxtakor bilan ham oʻynasa bular ekanku faqat mehnat qilishdan toʻhtamaslik kerak imlo hatosi bilsa uzur