
Andrey Kanchelskis g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Coca Cola Superligasining 6-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Birinchi galda jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabriklayman. Sizlarga sog‘lik va salomatlik tilab qolaman.
G‘alaba har doim yoqimli. Raqib safida ham kuchli va mahoratli futbolchilar etarli edi. Bizda ko‘rganingizdek vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. 3:1 yaxshi natija va men bundan qoniqdim. Oldinga intilishda davom etamiz. Tayyorgarlikni kuchaytiramiz. Keyingi turni Jizzaxning "Sug‘diyona" jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Mazkur uchrashuvga har tomonlama hozirlik ko‘ramiz, - dedi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar