Andrey Kanchelskis: Durang haqqoniy natija

  • 22 sentabr, 2019, 16:32
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” uchrashuvidan so‘ng “lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Uchrashuv jangovar ruhda, qiziqarli, yakkakurashlarga boy tarzda o‘tdi. Menimcha, durang haqqoniy natija bo‘ldi. Albatta, uchrashuvning qiyin kechishini bilardik. Shogirdlarimga maydonda jonbozlik namoyish etganliklari, barcha imkoniyatlarini ishga solishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu bahsdan oldin jurnalistlar bilan matbuot anjumani o‘tkazilgan va unda jamoamiz ayni paytda ruhiy hamda jismoniy tarafdan tarafdan “o‘ra”da ekanligini ta’kidlagandim. Bunday qiyin vaziyat har bir klubda yuz beradi va biz tezroq bundan chiqib ketishimiz lozim. G‘alaba qozonsak, barchasi ortda qoladi.

Futbol oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘yin bo‘lganligi uchun ham qiziqarli sport turi hisoblanadi. Bunda kimgadir omad kulib boqadi, kimgadir esa yo‘q. Asosiysi natija va biz bir ochkoni qo‘lga kiritdik.

Bu omadsizlikning ortda qolganligining boshlanishi va sekin-asta qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz, deb umid qilaman, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
22/09/2019 16:52
Канчельский бу мавсум тугади биз учун кейинги йил учун кучайтириш ишларинни олиб бораверинг бу йил кучли олтти лик