Andrey Arshavin mundialning ikki favorit jamoasi qaysi ekanini aytdi

  • 11 noyabr, 2022, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida "Arsenal", "Zenit" kabi jamoalardagi yorqin faoliyati bilan yodda qolgan sobiq rossiyalik futbolchi Andrey Arshavin Qatardagi Jahon chempionati haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Jahon chempionatini miriqib tomosha qilaman, deb o‘ylayman. Televidinieda ham mundialga bag‘ishlangan ko‘p chiqishlarda ishtirok etmoqchiman.

Musobaqada Braziliyaga muxlislik qilaman. Shuningdek, o‘zini ko‘rsatgan ayrim futbolchilarni ham alohida kuzatib borishim mumkin. 

Favoritlar sifatida Frantsiya va Braziliyani ko‘rsatgan bo‘lardim. Biroq frantsuzlar ko‘p yo‘qotishlarga uchradi. Ularga qiyin bo‘ladi. 

Men Afrika jamoalaridan biridan syurpriz kutmoqdaman. Menimcha, bu haqiqatga yaqin", - dedi Arshavin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!