
Andre Villash-Boash "Marsel"dan ketishi mumkin
"Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin. Bu haqida Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, murabbiy bu mavsum UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonmoqda va shu sababdan u klub rahbariyatidan yozgi transfer oynasi uchun etarlicha mablag‘ ajratishini so‘ragan.
Biroq, moliyaviy muammolar sabab frantsuz klubi unga kerakli bo‘lgan futbolchilarni xarid qilib bera olmasligi mumkin. Shu sababli murabbiy yozda "Marsel"ni tark etishi mumkin, deya ma’lumot berib o‘tgan frantsuz nashri.
Fikrlar