Andre Gomesh keyingi haftadan mashg‘ulotlarga kirishadi

  • 11 yanvar, 2020, 06:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton"ning portugaliyalik xavbeki Andre Gomesh jarohatdan so‘ng tiklanishni boshlash uchun yaqin kunlar ichida klub mashg‘ulotlar bazasiga qaytadi. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Andre keyingi haftadayoq ixtiyorimizga kelib qo‘shiladi. U yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi", - deya Anchelotti so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Gomesh 3-noyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda Son Xin Min va Serj Ore bilan to‘qnashuv natijasida oyog‘ini sindirib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!