"Andijon"ning O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi ilk goli mualliflari kimlar?

  • 3 mart, 2024, 07:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Andijon” klubi “Mavsum-2024”dagi dastlabki o‘yinini safarda OKMK klubiga qarshi o‘tkazadi. “Andijon” matbuot xizmati muxlislar uchun yana bir qiziq statistik ma’lumotni taqdim etadi.

Tecno

O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixida 1992 yildan beri “Andijon”ning ilk goli muallifi kimlar bo‘lgani sizni qiziqtirishiga aslo shubhamiz yo‘q. Jamoaning Superliga\oliy ligadagi birinchi goli muallifi Boris Bakanov hisoblanadi. Uni yoshi katta, zukko ishqibozlar juda yaxshi eslashadi.

Shuningdek, andijonlik sobiq futbolchi, uzoq yillar jamoa uchun mehnati singgan Rustam Abdiev ketma-ket ikki marta chempionatning dastlabki gollarini kiritgan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, 1994 va 1995 yilgi mavsumlarda aynan Abdiev “Andijon”ning ilk gollariga mualliflik qilgan. Bu borada hozircha Rustam Abdiev tanho. Negaki, klub tarixida hali hech bir o‘yinchi birin-ketin ikki mavsumda birinchi golni kiritmagan.

Bundan tashqari, litvalik sobiq hujumchi Arturas Fomenko 2008 yili “Andijon” tarkibida mavsumning ochilish uchrashuvida “Metallurg” darvozasini ishg‘ol qilgan. Oradan ikki yil o‘tib, u olmaliqliklar safida chempionatning birinchi uchrashuvini Andijonda sobiq klubiga qarshi o‘tkazgan hamda avtogol evaziga mezbonlarning ilk golini urib bergan.  

Yana bir qiziq holat, 2003 yili Farid Xabibulin “Andijon” tarkibida “Do‘stlik” darvozasini ishg‘ol qilgan. 2004 yilning ilk o‘yinida esa o‘sha Xabibulin “So‘g‘diyona” safida “Andijon”ga gol urgan.

Qolaversa, “Andijon”ning chempionatdagi ilk gol o‘zini uzoq kuttirgan mavsum 2014 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda hujumchi Anvar Rajabov 5-turda “Dinamo” darvozasini ishg‘ol qilish orqali “Andijon”ning chempionatdagi ilk golini kiritgan.

“Andijon”ning chempionatlarimizdagi ilk goli mualliflari ro‘yxati

1992 yil – Boris Bakanov. 1-tur, safarda, “Nurafshon” darvozasiga;

1993 yil – Ismoil Malikov. 1-tur, safarda, “Nurafshon” darvozasiga;

1994 yil -  Rustam Abdiev. 1-tur, safarda “Nurafshon” darvozasiga;

1995 yil - Rustam Abdiev. 2-tur, safarda “Politotdel” darvozasiga;

1996 yil –  Shuhrat Nazirov. 1-tur, safarda “Kosonsoy” darvozasiga;

1997 yil - Tohir Mo‘minov. 1-tur, safarda “Chilonzor” darvozasiga;

1998 yil - Otabek Qilichev. 2-tur, uyda “Buxoro” darvozasiga;

1999 yil – Zaxriddin Akbarov. 1-tur, uyda “So‘g‘diyona” darvozasiga;

2000 yil – Ulug‘bek Asanboev (avtogol). 1-tur safarda “Paxtakor” darvozasiga;

2001 yil - Shavkat Abdurahmonov. 1-tur, safarda “Turon” darvozasiga;

2002 yil – Akrom Sidiqov. 1-tur, safarda “So‘g‘diyona” darvozasiga;

2003 yil – Farid Xabibulin. 1-tur, uyda “Do‘stlik” darvozasiga;

2004 yil – Shuhrat Yusupov. 1-tur, safarda “So‘g‘diyona” darvozasiga;

2006 yil – Baxtiyor Hamidullaev. 3-tur, uyda “Traktor” darvozasiga;

2007 yil – Yaroslav Krushelnitskiy. 1-tur, uyda “Sho‘rtan” darvozasiga;

2008 yil – Arturas Fomenko. 1-tur, uyda “Metallurg” darvozasiga;

2009 yil – Mirzakamol Kamolov. 3-tur, safarda “Nasaf” darvozasiga;

2010 yil - Arturas Fomenko (avtogol). 1-tur, uyda “Olmaliq” darvozasiga;

2011 yil – Olim Novkarov. 2-tur, uyda “Mash’al” darvozasiga;

2012 yil  - Adham Nurmuhammedov. 1-tur, safarda “Metallurg” darvozasiga;

2014 yil - Anvar Rajabov. 5-tur, uyda “Dinamo” darvozasiga;

2015 yil -  Rustam A’zamov. 1-tur, safarda “Nasaf” darvozasiga;

2016 yil – Nemanya Yovanovich. 1-tur, safarda “Paxtakor” darvozasiga;

2019 yil – Oybek Qilichev. 1-tur, safarda “Qizilqum” darvozasiga;

2020 yil – Jamshid Hasanov. 1-tur, safarda “Lokomotiv” darvozasiga;

2021 yil – Doniyor Ismoilov. 2-tur, uyda “Surxon” darvozasiga;

2023 yil – Sardor Abdunabiev. 1-tur, safarda “Nasaf” darvozasiga;

Xo‘sh, bu yil “Andijon”ning dastlabki gol muallifi kim bo‘larkin? Buni tez orada bilib olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!