
"Andijon"ning navbatdagi sparring-raqibi ma’lum
Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulotini davom ettirayotgan “Andijon” jamoasining bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Hozirgacha 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan jamoa a’zolarining navbatdagi raqibi ham ma’lum.
Unga ko‘ra, Rossiya birinchi divizion qatnshachisi – Ulyanovskning “Volga” klubi “Andijon”ning sparring-raqibiga aylanadi. Ushbu o‘yin 8 fevral sanasiga belgilandi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 11:30 da boshlanadi. Toshkent vaqtiga 13:30 ga to‘g‘ri keladi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar