"Andijon" Suhrob Berdiev bilan shartnoma imzoladi

  • 22 iyul, 2022, 15:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Andijon" jamoasi safiga tajribali futbolchi Suhrob Berdiev qo‘shilgani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik.

Tecno

Klub va futbolchi o‘zaro kelishuvga erishdi. Shu bois Suhrob Berdiev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qilamiz. Endilikda ushbu o‘yinchi jamoamiz a’zosiga aylandi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Suhrob Berdiev haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, u 1990 yil 12 aprel sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan.

Professional faoliyatini 2006 yili “Lokomotiv” klubida boshlagan. 2010 yilda “Olmaliq” jamoasiga ko‘chib o‘tadi. U erda bir necha mavsum faoliyat ko‘rsatgach, 2013 yili “So‘g‘diyona” a’zosiga aylanadi. Jizzaxda ikki yil to‘p surgan futbolchi 2015 yilda “Sho‘rtan”ga ko‘chib o‘tdi. Bir yildan keyin esa “Paxtakor” a’zosiga aylandi. U erda bir davra to‘p surgach, 2016 yilning ikkinchi davrasidan “Qo‘qon-1912” jamoasiga o‘tgan holda ushbu klubda 2021 yilgacha to‘p surdi. Joriy mavsumning birinchi davrasini esa “Yangier” klubida o‘tkazdi.

Ko‘rib turganingizdek, Suhrob Berdiev endi "Andijon" a’zosiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Nosirov
23/07/2022 06:04
Андижонга омад,ракибларига хавотир