
"Andijon" o‘z safiga Tojikiston terma jamoasi sardorini qo‘shib oldi (Foto)
“Andijon” klubining Antaliyada davom etayotgan yig‘iniga yangi futbolchilar qo‘shilishda davom etyapti. Bugun ertalab “Lokomotiv”dan Dilshod Komilovning jamoamiz ixtiyoriga etib kelgani haqida xabar bergandik.
“Andijon” safini to‘ldirgan navbatdagi yangi futbolchi – tojikistonlik tajribali o‘yinchi Axtam Nazarov. Klub vakillari Antaliya aeroportida futbolchini kutib oldilar va “Asteria Kremlin Palace” mehmonxonasida “Andijon” bosh direktori Ulug‘bek Mirzaev boshchiligidagi rahbariyat futbolchi bilan bir piyola choy ustida suhbatlashib oldilar.
Qanot himoyachisi Axtam Nazarov Tojikiston milliy terma jamoasining sardori va etakchisi sanaladi. 2012 yildan buyon mamlakatning bosh jamoasi uchun o‘ynab kelmoqda. Hozirgacha qadar terma jamoa libosida 60 ga yaqin uchrashuvlarda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Shuningdek, Nazarov Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol” safida uzoq yillardan beri to‘p surib kelgan.
Tez orada futbolchi bilan shartnoma imzolanadi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar