"Andijon" bugun "Navbahor" bilan o‘ynaydi

  • 18 iyun, 2023, 09:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston yig‘inidan qaytgan "Andijon" jamoasi o‘z qarorgohida tayyorgarligini davom ettiryapti. Klub safiga Osiyo chempioni, U-20 jahon chempionati ishtirokchisi Sherzod Esanov ham qaytdi.

Tecno

Xabaringiz bor, “Andijon” Tojikistonda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgandi. Bugun ular yana bir o‘yinda qatnashadi. Bu safar vodiy derbisi doirasida “Navbahor”ga qarshi maydonga tushadilar. Ushbu bellashuv Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi o‘rtoqlik uchrashuvi ham "Andijon"ning 23 iyun kuni safarda Superliganing 13-turida “Buxoro”ga qarshi o‘tadigan muhim o‘yini uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Navbahor-Andijon o‘rtoqlik

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!