"Andijon" bosh murabbiyi haqida yangilik

  • 25 fevral, 2024, 00:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi qishki selektsiyada bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolanganini yaxshi bilasiz va bu xususida siz muxlislar uchun ma’lumotlar berib bordik.

Tecno

Jamoa ishqibozlari uchun yana bir ma’lumotni taqdim etmoqchimiz. Gap shundaki, klub bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi. Bu xususida "Andijon" matbuot xizmati xabar bermoqda. Klub rahbariyati unga to‘liq ishonadi va qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

xomyakov7_1

Ma’lumki, Aleksandr Andreevich 2022 yilning 15 dekabr kuni rasman “Andijon” bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan. O‘tgan yili "Burgutlar" Xomyakov boshchiligida ajoyib sarguzashtlarni o‘tkazdi. Yoqimli va esda qolarli onlari ko‘p bo‘ldi. Albatta, bunda bosh murabbiyning mehnati va roli katta. Jamoaning tanlagan yo‘li va strategiyasiga Aleksandr Xomyakov to‘la-to‘kis mos tushadi. Shu bois ham rahbariyat ushbu mutaxassis bilan hamkorlikni yana uzaytirishga qaror qildilar.

xomyakov4

Yangi mavsumda ham muxlislarning murabbiydan va albatta jamoadan umidi katta. Aytish lozimki, 5 mart kuni 55 yoshini qarshi oladigan Aleksandr Andreevich futbolchilarni chempionatga jiddiy ravishda tayyorlamoqda. Yangi mavsumda ham Xomyakov va uning jamoasi etakchilarga yana jiddiy muammolar tug‘dirishi katta ehtimol...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
25/02/2024 08:57
100 фоиз фикрингиз тугри. Хеч булмаса уша таркибни саклаб колиш керак эди. Хожимат, Сайфиев, Хамробеков, Тургунбоев, Турсуновлар катта йукотиш.
Rasul M
25/02/2024 01:19
Pakhtakor nimaga transfer qilmadi ekan adminla surishtirmadinlami .Axir Bu yil Uzbekiston nomidan Elit ligada faqat ular qatnashadiku u yerda faqat grand jamoalar boladi....Togri tushunamiz yoshlarga imkon berishmoqchidir lekin Shuncha vaqt kutup endi shu Elit ligada qatnashadigan payti qiladimi...Yoki Pakhtakor sotiladi degandan keyin Xechkimi rasxot qilgisi kelmadimikan Qaerda qoldi anau Pahktakor uchun jon kuydiraman deyatganla...Shaxsan man bu mavsum Katta transferla qilip elit ligada oz orniga ega boladi xech bolmasa guruhdan chiqadi deb oylagandim Afsus...Otgan mavsumla dars bolmadimikan...Faqat guruhda qolib ketishla