"Andijon" birinchi gol urdi, AGMK esa g‘alaba qozondi (video)

  • 21 avgust, 2020, 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Coca Cola Superligasida 11-turida mavsum davomida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa – AGMK mavsum davomida birorta ham o‘yinda g‘alaba qozona olmagan “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Toshkent temir yo‘l muhandiyalari instituti maydonida kechgan bellashuvda hisobni andijonliklar ochishgan bo‘lsada, yakunda olmaliqliklar 1:3 hisobida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib olishdi. AGMK safida Elguja Grigalashvili (61'), Sanjar Tursunov (74') va Mate Vattsadze (79') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Andijon”ning yagona goliga Jamshid Hasanov (51') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!