
Anchelottining o‘g‘li faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin
"Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti "Reyms"ni boshqarishi mumkin.
"RMC Sport" xabariga ko‘ra, Liga 1 klubi kichik Anchelotti bilan jiddiy qiziqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Reyms" Chempionlar ligasi finalidan keyin 34 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlashi kutilyapti.
Liga 1 2023/24 yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra, "Reyms" 47 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinni egalladi.
Fikrlar