Anchelottidan bita yaxshi, bitta yomon xabar

  • 17 sentabr, 2022, 18:47
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida hujumchi Karim Benzema 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Atletiko”ga qarshi La Liganing 6-tur uchrashuvida maydonga tushmasligini aytdi. Ayni paytda jarohatidan forig‘ bo‘lgan himoyachi Eder Militao "qaymoqranglilar"ga yordam bera oladi.

Tecno

"Benzema o‘yinga tayyor emas, u faqat individual mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. U xalqaro tanaffusdan keyin qaytadi.

Militao o‘ynashga tayyor. U mashg‘ulotlar olib bormoqda va dastlabki daqiqalardan maydonga tusha oladi. Lekin buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Sababi to‘liq ishonch hosil qilganim yo‘q. Men 11 nafar futbolchini tanlay olaman va bunda xato qilishga haqqim yo‘q”, deydi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!