
Anchelotti: Shu o‘yinchini olib kelmasak bo‘lmaydi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyati himoya chizig‘iga Ispaniya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘lgan Emerik Laportni olib kelishini talab qilmoqda.
Ayni paytda “Qirollik klubi” mutasaddilari bu transfer imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Biroq ispan futbolchining “An-Nasr”da katta maosh olayotgani transferga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Madridliklar Laportga saudiyaliklar to‘layotgan darajada mablag‘ ajrata olmaydi.
Mutasaddilar Anchelottiga Laport o‘rniga klub tarbiyalanuvchisi Rafa Marinni ortga qaytarish variantini taklif qilyapti. Bu o‘yinchi ayni paytda “Napoli”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Neapolliklar Rafa Marinni yozda 12 million evroga transfer qilgan edi. Bu futbolchi Italiya kubogida bir ko‘rinish berdi va A Seriyada hali debyutini o‘tkazgani yo‘q.
Fikrlar