
Anchelotti “Real”ning asosiy raqibini aytdi. U endi “Barselona” emas!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti chempionlik uchun kurashda jamoasining asosiy raqobatchisi qaysi klub ekanini aytdi.
- Ayni paytda “Jirona” Ispaniya chempionatidagi asosiy raqibimizga aylandi. Mavsum uzoq davom etadi va chempionat oxirigacha ayovsiz kurash kechadi.
Raqobatga “Barselona” va “Atletiko” kabi klublar ham qo‘shilishini unutmaslik kerak, - dedi italiyalik mutaxassis.
La Ligada 17-turdan keyin 44 ochko jamg‘argan “Jirona” peshqadamlik qilmoqda. Anxel Michel shogirdlari “Real”dan ikki ochkoga o‘zib ketgan.
Kuchli uchlikni yakunlab turgan “Barselona” hisobida 35 ochko bor. “Atletiko” esa, musobaqa peshqadamidan o‘n ochko ortda qolyapti.
Fikrlar