Anchelotti “Real”dan xaydalishi mumkinligiga munosabat bildirdi

  • 13 aprel, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” joriy mavsum “Barselona”ga etarlicha qarshilik ko‘rsata olmayapti.  Qolaversa, madridliklar Evropa Chempionlar ligasi chorak final birinchi uchrashuvida “Arsenal”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgani bosh murabbiy Karlo Anchelotti kursisini qimirlatib qo‘ydi.

Tecno

65 yoshli italiyalik murabbiy mavsum oxirida ishdan olinishi mumkinligi aytilmoqda. Bu ko‘p jihatdan “Real“ mavsumni qanday yakunlashiga bog‘liq.

Karlo Anchelottining o‘zi kelajagi haqidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirdi.

- Kelajagim haqida gapirishim shart emas, chunki hamma narsa shartnomada ochiq-oydin belgilab qo‘yilgan. Oldinda nimalar bo‘lishini mavsum oxirida muhokama qilamiz. Klub har doim meni qo‘llab-quvvatlab keladi, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda, - dedi Karlo Anchelotti.

“Real”ni 2021 yili qabul qilib olgan tajribali murabbiyning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Anchelotti qo‘l ostida “Real” futbolchilari Ispaniya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!