
Anchelotti "Real"dan ketishi va grand klubda ish boshlashi mumkin
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti Evropaning grand klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Deadlinedaylive nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni damda bir qator top-klublar 35 yoshli italiyalik mutaxassisning "qirollik klubi"dagi faoliyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Ta’kidlash kerakki, Davide "Bavariya", "Napoli" va "Everton"da otasining yordamchisi bo‘lib ishlagan.
"Real" ayni damda 10 ta turdan so‘ng 24 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 9 ta o‘yinda huddi shuncha ochko jamg‘argan "Barselona" esa peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar