
Anchelotti o‘zini hayratga solgan futbolchi nomini aytdi
“Real”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Karlo Anchelotti uzoq yillik murabbiylik faoliyati davomida bir o‘yinchi o‘zini hayratga solganini tan oldi.
Bu voqea italiyalik mutaxassis “Milan”ni boshqarayotganida jamoaga braziliyalik Kaka olib kelinganida ro‘y bergan ekan.
Kaka “Milan”ga o‘tib, birinchi mashg‘ulotni o‘tkazganidayoq biz uning g‘aroyib futbolchi ekanini bilganmiz. Men uning mahoratini ta’riflash uchun so‘z topa olmaganman. Bu ajoyib holat edi, - dedi Karlo Anchelotti.
Kaka milanliklar sharafini 2003-2009 yillar davomida himoya qilgan. Jamoa safida A Seriya, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida g‘olib chiqqan.
Fikrlar