
Anchelotti "Oltin to‘p" uchun kurashda kimlarga ovoz bergan bo‘lar edi?
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Oltin to‘p" uchun kurashda o‘z futbolchilarini qo‘llab-qo‘vvatlashini aytdi.
"Men nomzod sifatida birinchi o‘rinda Benzemani, so‘ngra Vinisius va Modrichni ayta olaman. Bu shahsiy fikrim va boshqa hech narsa deya olmayman. Karimga ovoz bergan bo‘lardim", - dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, kecha argentinalik Lionel Messi ettinchi bor "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi. 33 yoshli frantsuz esa 239 ta ovoz bilan 4-o‘rinni band etdi.
Fikrlar