
Anchelotti: "Mening shartnomam 2024 yil 30 iyunda tugaydi, ertaga emas!"
"Real"Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi finali oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va kelajagi borasidagi savollarga javob berdi.
"Avval kubok o‘yini, keyin esa yarim finalga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Mening kelajagim aniq. Mening shartnomam 2024 yil 30 iyunda tugaydi. Ertaga emas.
Bugun kelajagim haqida gapirish noto‘g‘ri. Aytishim mumkinki, har kuni prezident Florentino Peres va bosh direktor Xose Anxel Sanchesning g‘ayrioddiy munosabatini his qilaman. Bu men uchun etarli.
Men final va yarim finalda o‘ynayman va ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishni xohlayman”, — dedi “Real” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" bugun tunda Ispaniya kubogi finalida "Osasuna"ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar