Anchelotti: "Men unday futbolchini boshqa ko‘rmadim"

  • 16 aprel, 17:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu muvaffaqiyatining siri uning professionalligida ekanligini ta’kidladi.

Tecno

- Ronaldu jismoniy va texnik jihatdan katta tabiiy iste’dodga ega. U bu xususiyatlarni o‘ziga xos jiddiylik va professionallik bilan yanada boyitdi.

Men hech qachon bunday e’tiborli, puxta tayyorgarlik ko‘rgan, diqqatini to‘la jamlay oladigan futbolchini ko‘rmaganman.

U shubhasiz, tayyorgarlik borasida boshqalarga namuna bo‘la oladi, - dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "RSI"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, "An-Nasr"ning 40 yoshli portugaliyalik hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 26 ta o‘yinda 23 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!