Anchelotti mag‘lubiyatga aybdor o‘yinchilar nomini aytdi!

  • 27 aprel, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi finalida “Real” futbolchilari og‘ir o‘tgan uchrashuvda ashaddiy raqib “Barselona”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Hal qiluvchi bahsda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan madridliklar bellashuvning ikkinchi yarmida ketma-ket ikkita to‘p kiritib, hisobda oldinga chiqib olgandi. Lekin o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda “Barsa” hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha vaqtda esa, Jyul Kunde aniq zarba bilan kataloniyaliklarga g‘alaba va kubokni taqdim etdi.

Uchrashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan vaziyatni tushuntirib berdi.

- Raqib 117-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritgan holatda Braim Dias to‘p unga orqadan yuqorilatib uzatiladi, deb o‘yladi. Luka Modrich esa, erdan pas berdi. Bunaqa detallar ko‘pincha, hech narsani hal qilmaydi. Biroq bu gal mag‘lubiyatga ana shu vaziyat sabab bo‘ldi, - dedi Karlo Anchelotti.

“Barselona” o‘z tarixida 32-marotaba Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Real” futbolchilari 21-marotaba finalda mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!