Ana xolos! Zidan Azardan voz kechdi

  • 27 fevral, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa yulduzi Eden Azarni sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Belgiyalik futbolchi Madridga kelganidan beri, bir yarim mavsum davomida 40 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay, Azar yiliga 14 million evro maosh olmoqda. Bu borada u Garet Beyl va Tibo Kurtuadan keyin uchinchi ko‘rsatkichga ega.

Zinedin Zidan ham Azarning o‘yini ochilishini kutib charchadi. Aslida bu futbolchi jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosishi kutilgan edi. Endi Zidan jamoaning yangi etakchisi sifatida Kilian Mbappeni ko‘rmoqda.

“Qirollik klubi” rahbariyati ham Mbappeni olish va Azarga berilayotgan maoshni tejab qolish uchun belgiyalik yarim himoyachini transferga qo‘yishni rejalashtirgan. Joriy mavsumda Azar La Ligada atigi sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Hozir ham futbolchi yangi jarohatini davolash bilan ovora.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!