Ana xolos! Valverdega Rakitich kerak emas
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Cadena SER tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” ustozi Ernesto Valverdening yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Biroq, “Barselona” hozircha Rakitichning transferi masalasida birorta ham rasmiy taklif olgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Rakitich yakunlangan mavsum kataloniyaliklar safida jami 55ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol urishga erishdi.



Fikrlar