
Ana xolos! "Sporting" o‘z uy stadioniga Krishtianu Ronaldu nomini bermoqchi
Lissabonning "Sporting" klubi prezidenti Frederiko Varandas jamoa uy arenasi hisoblangan "Joze Alvalade"ga kelajakda Krishtianu Ronaldu nomi berilishi mumkinligini aytdi.
“Bu savolni chetga surib qo‘ymaymiz. Krishtianu Ronaldu nomi biz bilan bevosita bog‘liq ekanligidan faxrlanamiz. U hamisha jamoamiz ramzlaridan biri bo‘lib qoladi.
Shubhasiz, Krishtianu – portugaliyalik eng zo‘r futbolchi va dunyoning eng yaxshi sportchilaridan biri”, - deydi Varandas.
Ma’lumot uchun, Ronaldu professional futboldagi debyut uchrashuvini aynan “Sporting” safida 2001 yilning 15 avgust kuni o‘tkazgan. Keyinchalik ushbu jamoada 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar